O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA‟LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
ANDIJON QISHLOQ XO'JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI
“Qishloq xo'jaligida resurs tejovchi innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanishning ilmiyamaliy asoslari” mavzusida xalqaro miqyosda ilmiy - texnik anjumanning
AXBOROT XATI
27-28 oktyabr 2023 yil, Andijon viloyati, Andijon tumani O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligining 2023 yil 6 iyundagi 09/06/527-son xatiga asosan Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutida 2023 yilning 27-28 oktyabr kunlari “Qishloq xo'jaligida resurs tejovchi innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanishning ilmiy amaliy asoslari” mavzusida xalqaro miqyosda ilmiy-texnik anjuman tashkil etilmoqda.
Anjuman maqsadi. O'zbekistonda va xorijda qishloq xo'jaligining barcha yo'nalishlarida so'nggi
yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan tadqiqotlar , qo'llanilayotgan resurs tejovchi
innovatsion texnologiyalar va ularni natijalari, sohadagi mavjud muammolar va ularni ilmiy yechimlari hamda istiqboldagi rejalarni belgilash va tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan.
Anjumanning sho'balari:
1-sho'ba. Innovatsion texnologiyalar asosida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, hosildorligini oshirish va tuproq unumdorligini yaxshilashning dolzarb masalalari.
2-sho'ba. Qishloq xo'jalik ekinlari selektsiyasi va urug'chiligini rivojlantirish, dorivor o'simliklar
introduktsiyasi hamda yangi navlarini yaratish muammolari va yechimlari.
3-sho'ba. Qishloq xo'jalik ekinlarini kasallik va zararkunandalardan himoya qilishda
uyg'unlashgan kurash usullarini ishlab chiqish istiqbollari.
4-sho'ba. Meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari yetishtirish, intensiv issiqxonalarni tashkil
etish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashda resurs tejovchi texnologiyalardan foydalanish masalalari.
5-sho'ba. O'rmon ekinlari selektsiyasi, urug'chiligi va shaharlarni ko'kalamzorlashtirish, organik
mahsulotlar yetishtirish hamda ekologik muammolar va ularning yechimlari.
6-sho'ba. Qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirishda resurs tejamkor sug'orish texnologiyalari, suv
resurslaridan oqilona foydalanish, gidromeliorativ tizimlar ishonchliligini ta‟minlash, qishloq xo'jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish hamda muqobil energiya manbaalaridan samarali foydalanish masalalari.
7-sho'ba. Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash, texnikalarni ishlatish va texnik servisni tashkil
etish hamda zamonaviy texnikalardan samarali foydalanish masalalari.
8-sho'ba. Hududlarda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko'paytirish, tezkor
veterinariya hizmatlarini ko'rsatish, ipak qurti selektsiyasi va naslchiligini rivojlantirish istiqbollari.
9-sho'ba. Agrobiznes korxonalari iqtisodiyoti va boshqaruvi, xo'jalik yurituvchi sub‟ektlarda
buxgalteriya hisobi, tahlil va sug'urta faoliyati, marketing va turizm xizmatlari ko'rsatish masalalari.
10-sho'ba. Agrar tarmoqni raqamlashtirish, aniq va tabiiy fanlar yutuqlarining ijtimoiy-iqtisodiy ,
falsafiy va huquqiy jihatlari. Mazkur konferensiyada ishtirok etishni istagan olimlar, professor-o'qituvchilar hamda tadqiqotchilar , yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar o'z ilmiy izlanishlari natijasida tayyorlagan ilmiy maqolalari va tezislarini yuqorida ko'rsatilgan sho'balar yo'nalishlari bo'yicha o'zbek, ingliz yoki rus tillarda taqdim etishlari mumkin. Ilmiy maqolalarning har bir beti uchun badal puli 20 ming so'm, shu jumladan yakunlanmagan bet uchun ham (konferensiya ilmiy maqolalar to'plamisiz).
Mualliflar maqola uchun badal pulini maqolasi to'plamda chop etish uchun qabul qilinganligi to'g'risida habar topganlaridan keyin Qodirov Ro'zimuxammadning (tel.:+998-90-259-75-20) plastik kartasiga Click to'lov vositalari orqali o'tkazib beradi yoki naqd pul to'lanadi.
Konferensiyaga ilmiy maqolalar professor-o'qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar , ilmiy
xodimlar, magistrlar, iqtidorli talabalardan qabul qilinadi. Safar harajatlari bilan bog'liq harajatlar (kelib ketishi, mehmonxona va boshqalar) o'z ish joyidan qoplab beriladi. Mualliflarning ilmiy maqolalari shoʻbalar bo'yicha maqolalar qabul qiluvchi mas‟ul shaxslarnin manziliga 2023 yilning 1 oktyabr kuniga qadar taqdim etilishi talab etiladi.